Bizni Telegram kanalimiz orqali kuzating!

Siz uchun 0 ta manba topildi ...

125 0

Yapon olimlari Xiva tarixiy madaniy yodgorliklarini o‘rganishmoqda (foto)

Tarixiy me’moriy yodgorliklarni saqlash, ta’mirlash va muzeyshunoslik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha Xiva “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi jamoasi va yaponiyalik olimlar hamda mutaxassislar hamkorligi yil sayin mustahkamlanmoqda. Muzey-qo‘riqxona mutassislari va yaponiyalik olimlar hududdagi tarixiy me’moriy yodgorliklarni asrash hamda ta’mirlashda tashqi tabiiy ta’sir – yer osti va yer usti namlik, sho‘rlanish ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazmoqda. Bu haqida xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.