Bizni Telegram kanalimiz orqali kuzating!

Siz uchun 0 ta manba topildi ...

88 0

Tez tibbiy yordam avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Joriy yilning 25 fevral kuni soat 12:30 larda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanida yashovchi N.M. “Farg‘ona shifo” tez yordam avtoxo‘jalik korxonasiga tegishli bo‘lgan “Nissan” rusumli transport vositasini 4K920 avtomobil yo‘lida boshqarib ketayotib, 4R112 avtomobil yo‘li bilan kesishgan chorrahaga kelganda, asosiy yo‘lda harakatlanib kelayotgan R.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasi yo‘liga chiqib ketishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Bu haqida “Zarnews” xabar bermoqda.