Bizni Telegram kanalimiz orqali kuzating!

Siz uchun 0 ta manba topildi ...

83 0

Samarqandda talaba qiz qasddan oʻldirildi – viloyat prokuraturasi bayonot berdi

2020-yil 25-fevral kuni Narpay tumanida yashovchi D.Oʻ. Samarqand shahar Ruhobod bogʻi hududida Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil oluvchi turmush oʻrtogʻi U.Oʻ. bilan oilaviy kelishmovchilik tufayli oʻzaro janjallashib, uning “men Siz bilan yashamayman, ajrashaman, boshqa yigitni sevaman” degan soʻzlaridan gʻazablanib, rashk tufayli yonida boʻlgan oshxona pichogʻi bilan U.Oʻ.ning chap koʻkrak qismiga bir marotaba qasddan urganligi oqibatida u hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi bayonot berdi. “Xalq so’zi” bu haqida yozmoqda.