Bizni Telegram kanalimiz orqali kuzating!

Siz uchun 0 ta manba topildi ...

89 0

Ertaga “Straus House” mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud boshlanadi

Ertaga, 27 fevral kuni soat 10:30 da jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi binosida sudlanuvchilar – “Straus House” MCHJ ta’sischisi I.Isroilov, “Straus House” MCHJ direktori A.Maxmutaliyev, “Straus House” MCHJ direktori o‘rinbosari D.Qutpiddinov va MCHJ bosh hisobchisi O.Saidovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi. Bu haqida Oliy sud Matbuot xizmati xabar bermoqda.