Bizni Telegram kanalimiz orqali kuzating!

Siz uchun 0 ta manba topildi ...

92 0

Andijonda pichoq bilan tengdoshini qo‘rqitayotgan yigit videosi tarqaldi. Bu holat sahnalashtirilganligi ma’lum bo‘ldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda 12-fevral, qo‘lida pichoq tutgan va niqobdagi bir o‘smirning stulda qo‘li bog‘langan holda o‘tirgan tengdoshiga qo‘pol munosabatda bo‘lib, uni urayotgani aks etgan video tarqaldi. Qo‘li bog‘langan holda stulda o‘tirgan o‘smirning yuzi va kiyimi qonga belangani ko‘rinadi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mazkur videoni o‘rgandi va video bo‘yicha ma’lumot berdi.