Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Shimoliy Berdaq” gazkondensat konidagi 45-sonli quduqda kapital ta’mirlash ishlari tugatildi.

gaz quduq
Foto: Google

Ushbu quduqda 2308-3310m, 2311-2314m intervallar oralig‘ida perforatsiya qilindi. Natijada quduqdan kunlik 50 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: “Shimoliy Berdaq” gazkondensat koni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida joylashgan bo‘lib, 2006 yilda ishga tushirilgan.