Mahalliy vaqt bilan soat 14:00 da Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasining yana ikkita holati qayd etildi, deb aytdi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Aynura Akmatova matbuot anjumanida.

Foto: Sputnik

24 mart arafasida koronavirus bilan og’rigan bemorlarning soni 26 kishiga ko’paydi va ularning umumiy soni 42 kishiga yetgan edi.

Uning so’zlariga ko’ra, yuqtirganlarning ikkalasi ham erkaklardir. Ulardan biri Qirg‘izistonda yuqtirilgan, ikkinchisi BAAdan uchib kelgan. Ularning ahvoli qoniqarli.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 421 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 18,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan..