Toshkent shahar IIBB markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari binolarida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining qabullari vaqtinchalik to‘xtatiladi. Barcha murojaatlar elektron tarzda yoki telefon orqali qabul qilinadi.

Foto: IIBB matbuot xizmati

Koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish bo‘yicha joriy etilgan tartib munosabati bilan Toshkent shahar IIBB Markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari binolarida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining qabullari vaqtinchalik to‘xtatildi.

Barcha murojaatlar elektron ko‘rinishda (telegram bot) yoki telefon orqali qabul qilinishi ma’lum qilingan.

  • Toshkent shahar IIBB: info@iibb.uz;
  • Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi: @passport_viza;
  • Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi: Yhxb.iibb.uz (saytda fuqarolar murojaati rukni mavjud).

Shuningdek murojaatlar quyidagi telefon raqamlari orqali qabul qilinadi: 71−281−93−34, 71−281−94−18 yoki O‘zbekiston Respublikasi IIV «ishonch raqami» 1102 orqali.

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning tuman bo‘linmalari tergovchilariga jinoyat ishi bo‘yicha tergov jarayoni qatnashchilarini ichki ishlar organlariga faqatgina kechiktirib bo‘lmas tergov harakatlarini o‘tkazish uchun olib kelishlari mumkin.

Texnik imkoniyatlar majud bo‘lgan taqdirda barcha tergov harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga muvofiq videokonferensiya tarzida, ichki ishlar organlarining ma’muriy binolariga jarayon qatnashchilari bo‘lmagan shaxslarni kiritmagan holda olib boriladi.