Chexiya Respublikasi koronavirusning yangi turini yuqtirish xavfi tufayli mamlakat fuqarolariga tashrif buyurish tavsiya etilmaydigan mamlakatlar ro‘yxatini o‘zgartirdi, deb “RIA novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Gabriyel Shtepaniovaga tayanib xabar berdi.

xitoy bayrog'i
Foto: Google

Xususan, ushbu ro‘yxatga Xitoy va Janubiy Koreya kiritilmagan, deya qayd etdi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili. Shu bilan birga, unga AQSh, Isroil, Kanada, Malayziya, Avstraliya va Portugaliya qo‘shildi.

Ushbu mamlakatlardan tashqari, ro‘yxatga koronavirus infeksiyasi soni Chexiyada tasdiqlangan holatlar sonidan oshadigan 13 ta mamlakat kiritilgan, deya eslatdi Shtepaniova.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 421 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 18,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan..