Germaniyada koronavirusning tasdiqlangan holatlari soni 31, 554 taga yetdi, jami 149 kishi vafot etdi, deya xabar berdi Robert Koch instituti chorshanba kuni.

germaniya koronavirus infeksiya kasalxona
Foto: AP Photo / Martin Meissner

Seshanba kuni ertalab institutda 27, 436 kasal va 114 kishi o’lgani haqida xabar berilgan. Sog’liqni saqlash vazirligining tarkibiga kiruvchi Robert Koch instituti mamlakatda kasallanish darajasi bo’yicha statistik ma’lumotlarni olib boradi, ammo uning ma’lumotlari kuniga bir marta e’lon qilinadi va ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlaridan farq qiladi.

Institut rahbariyati ilgari ma’lumotlardagi tafovutlar haqida xabardor ekanligini bildirgan va buni “vaqtinchalik” kechikish va mintaqaviy bo’limlarning rasmiy hisobotlarini jamlash zarurati bilan izohlagan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 421 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 18,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan..