“Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu mavsum so‘nggida Turin klubini tark etishi mumkin. Bu haqida “Sports” nashri yozmoqda.

Foto: Forbes

Ispaniya nashrlari xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi uchun PSJ va “Manchester Yunayted”dan taklif ham bor.

Ta’kidlanishicha, Ronalduning “Old Trafford”ga qaytish ehtimoli klubning Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Krishtianu “Yuventus”ga transferidan afsuslanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.