Rossiya aviatsiya-kosmik kuchlarining o’n beshinchi samolyoti Italiyaga yangi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yordam berish uchun kelgan, deb xabar beradi Rossiya Mudofaa vazirligi chorshanba kuni.

Foto: Sputnik

“Rossiya havo kuchlari harbiy-transport samolyotlarining navbatdagi o’n beshinchi Il-76 samolyotlari tashxis qo’yish va dezinfektsiya tadbirlarini o’tkazish uchun asbob-uskunalar bilan “Pratica di Mare” (Rimdan 30 km janubi-g’arb) Italiya aviabazasiga koronavirus bilan kurashish uchun maxsus uskunalar va vositalarni yetkazib berishdi”- deyiladi nashr xabarida.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Italiyada karantinni buzganlik uchun 3 ming yevrogacha jarima solinayotganligi haqida xabar berilgan edi.

Koronavirus kasalligi bo’yicha Italiya Xitoydan keyingi ikkinchi o’rinda turmoqda. Ushbu infeksiya mamlakatda 69 ming odamda aniqlangan. Vafot etganlar soni bo’yicha Italiya birinchi o’rinni egalladi: koronavirus bilan kasallangan 6,8 mingdan ortiq bemor shu yerda vafot etdi. 8,3 ming kishi tuzalgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 421 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 18,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.