Muborak neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli Somontepa gazni birlamchi tayyorlash qurilmasida texnologik jarayonlarni reglament asosida avtomatik boshqarishni tadbiq etish maqsadida, qurilmaning 3-4 tarmoqlaridagi S-101/1,2,3 va S-102/1,2 apparatlaridagi Nazorat o‘lchov asboblari o‘rniga zamonaviy turdagi elektron Nazorat o‘lchov asboblari o‘rnatildi.

uzbek neft gaz
Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ matbuoat xizmati

Qurilmani avtomatik tarzda boshqarish va texnologik reglament asosida qurilma apparatlariga bosim, harorat va sarf o‘lchov asbobi, zamonaviy nazorat o‘lchov asboblari, rostlovchi klapanlar hamda boshqaruv panel’lariga barcha ko‘rsatgichlar chiqarildi, deya xabar berdi “O‘zbekneftgaz” AJ matbuoat xizmati.

Texnologik jarayon parametrlarini doimiy nazorat qilish va boshqarish uchun komp’yuter mnemosxemasiga zarur dasturiy ta’minot ishlari bajarilib, zarur ma’lumotlar chiqarildi.

Texnologik jarayonlarini boshqarish tizimini tadbiq qilish bo‘yicha montaj va dasturiy ta’minot ishlari “O‘zbekneftgaz” AJ Metrologiya, avtomatlashtirish va standartlashtirish bo‘limi mutaxassislari hamda Muborak NGQChB mutaxassislari hamkorligida amalga oshirildi.