“Mustaqillik va ozodlik” monumenti. Foto: Dushanbe meriyasi

Berdimuhamedovga ko‘ra, eng baland maydonda qad rostlaydigan stella bo‘lajak avlodga mustaqillikka erishish mashaqqatlari haqida eslatma bo‘lishi lozim. Mamlakat hukumatiga tez orada inshoot loyihasini tayyorlash va uning qurilishi uchun tender e’lon qilish topshirilgan.

Turkmaniston uchun muhim bo‘lgan sana 2021-yilda nishonlanadi.

Tojikiston ham mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan mamlakat poytaxtida “Istiqloliyat” bog‘ini barpo etish hamda unda “Mustaqillik va ozodlik” monumentini barpo etishga qaror qildi. Uning balandligi 121 metr bo‘ladi.

Dushanbe meri Rustam Emomali loyiha muallifi hisoblanadigan mahobatli me’moriy kompleksga ega bog‘ 2021-yil sentabrida, Tojikiston mustaqilligining 30 yilligini nishonlaydigan sanada foydalanishga topshirilishini ma’lum qilgan.