Joriy yil 25 mart kuni soat 07-30 da “Istanbul-Farg‘ona” charter reysi orqali Turkiyaning Istanbul shahridan jami 244 nafar (113 erkak, 118 ayol, 13 voyaga yetmagan, ulardan 1 – nogiron, 2 – ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar, shundan 243 nafari O‘zbekiston fuqarolari va 1 nafari Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan ayol) fuqarolar Farg‘ona xalqaro aeroportida kutib olindi. Bu haqida Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati

Farg‘ona xalqaro aeroportida mazkur fuqarolarda belgilangan sanitariya talablari asosida zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi. Tekshiruv natijasida tana harorati yuqori bo‘lgan fuqarolar aniqlanmadi.

Turkiyaning Istanbul shahridan Farg‘ona viloyatiga olib kelingan fuqarolar maxsus ajratilgan 12 ta avtobus va 2 ta yuk mashinasida endemik davlatlardan olib kelingan fuqarolarni joylashtirish maqsadida tayyorlangan Oltiariq tumanidagi “Qiziltepa” faxriylar sihatgohiga joylashtirildi va to‘liq tibbiy kuzatuvga olindi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati