Singapur olimlari tomonidan koronavirusning yangi turini tashxislash uchun tezkor test ishlab chiqildi, deya Straits Times fan-texnologiya va tadqiqotlar agentligi professori Jekki Inga tayanib xabar berdi. “Sof” nashri bu haqida yozmoqda.

Foto: Professor Djeki Yu. In

Yangi “Cepat” test tizimi virusning genetik moddasi borligini aniqlaydi va 5-10 daqiqada natijani beradi, deya ta’kidladi professor. Uning so‘zlariga ko‘ra, testdan ommaviy foydalanish uchun litsenziya bir oy ichida olinishi kerak.

Professor Jeki Yu.In, Singapurdagi Bioinjeneriya va nanotexnologiya institutining ijrochi direktori, AQSh Milliy ixtirochilar akademiyasining xodimi deb tan olindi. Professor olima 30 yoshdan keyin Islomni qabul qildi, shuningdek, 2015 yilda bionotexnologiya sohasidagi innovatsiyalar uchun 500 ming dollarlik Mustafo mukofotining birinchi g‘olibiga aylandi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 421 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 18,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan..