Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Qarshi shahar, “Oqtepa” MFY, G‘uzor ko‘chasida yashovchi fuqaro Ch.A. karantin davrida 21 mart kuni “KOLORADO” nomli kafesini;

Namangan viloyati, Chust tumani, Mash’al ko‘chasida yashovchi fuqaro M.A. 21 mart kuni o‘zboshimchalik bilan Qarshi shahridagi karantin hududini tark etganligi;

Qarshi shahar, “Gungon” MFY, Xonobod ko‘chasida yashovchi fuqaro X.A. karantin davrida 21 mart kuni “Sahovat” nomli choyxonasini yuritib kelganligi karantin qoidalarini buzganligi uchun Qarshi shahar IIO FMB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan ma’muriy tartibda jazolandi, deb xabar berdi Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati.