“Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” munosabati bilan “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida ham rejalashtirish sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanish borasida yetarli ishlar amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda “O’zbekneftgaz” axborot xizmati .

Foto: “O’zbekneftgaz” axborot xizmati

Avvalo, barcha bo‘linmalar uchun umumiy axborot markazini boshqarishning markazlashtirilishini hisobga olgan holda, “O‘zbekneftgaz” AJ AKT departamenti Ma’lumotlar markazini (SOD) qurishni boshladi.

Bugungi kunga qadar markaz qurilishinig birinchi bosqichi yakunlandi hamda server uskunalar o‘rnatildi.
Shuningdek, sovutish tizimlari, signalizasiya tizimlari, video nazorati va yong‘inga qarshi tizimlar bilan jihozlash ishlari yakunlandi.

Korporativ domen, elektron pochta serverlari, boshqa bo‘linmalar bilan aloqani ta’minlaydigan markaziy marshrutizator kabi asosiy axborot xizmatlari ham o‘rnatildi.

Bundan tashqari, neft va gaz sanoatini boshqarish uchun kelajakdagi ulkan axborot tizimining xatolarga chidamliligini ta’minlash uchun zaxira ma’lumot markazining qurilish loyihasi boshlandi.