AQShda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish soni 55 mingdan oshganligi haqida xabar berilgan edi, mamlakatda bir sutka davomida esa 200 kishi halok bo’ldi.

Foto: RIA novosti

Amerikaning Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko’ra, hozirda AQShda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 55 ming kishidan oshgani, shu bilan birga, 348 kishi tuzalib ketgani haqida xabar berilgan.

Eng yuqori ko’rsatkich Nyu-York shtatida qayd etilgan – 25, 665 yuqtirilgan va 210 o’lim, shundan bu shaharda yuqtirib olganlar – 15, 597. Undan keyin Nyu-Jersi shtatlari (3675 ta holat, 44 ta o’lim), Vashington (2469 ta holat, 123 o’lim), Kaliforniya (2102 ta holat, 40 ta o’lim) va Michigan (1971 ta holat, 24 o’lim).

Eslatib o’tamiz, avvalroq Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Qo’shma Shtatlar COVID-19 koronavirus tarqalishining yangi markaziga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 421 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 18,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan..