Qozog‘istonda yana 7 kishi koronavirus yuqtirib oldi, deb xabar beradi “Tengrinews” mamlakat Sog’liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga tayanib.

Foto: Sputnik

Yangi holatlar Nur-Sultonda 5 ta va Olmaotada 2 ta qayd etildi.

Bugungi kunda mamlakatda 79 ta koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan, ulardan:

  • Nur Sultonda – 41 ta,
  • Olmaotada – 31 ta,
  • Qarag’anda – 2 ta,
  • Olmaota viloyatida – 1 ta,
  • Aqto’be viloyati – 1 ta,
  • Chimkentda – 1 ta,
  • Jambil viloyatida – 1 ta,
  • Shimoliy Qozog’iston viloyatida – 1 ta holat.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 421 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 18,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan..