“Facebook” ijtimoiy tarmog’idagi muammolar chorshanba kuni bir qator mamlakatlarda kuzatilmoqda. Bu haqida “Downdetector” xizmatining ommabop Internet-resurslar ishini kuzatuvchi veb-saytida xabar berildi, deb yozmoqda “TASS”

Foto: 112.uz

Eng ko’p kuzatilayotgan nosozliklar AQSh, Braziliya, Peru, Meksika, Chili va Filippinda.

Muammolar haqida xabar bergan Facebook foydalanuvchilarining qariyb 45 foizi xabarlarni ko’rishda qiynalmoqda, 32 foizi ular o’z profillariga kira olmaganlar va 22 foizi ijtimoiy tarmoqning to’liq uzilganidan shikoyat qilishganlardir.