Joriy yilning 24 mart kuni soat 02:30 da Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 6-km.da “Toshkent-Termiz” yo‘nalishida haydovchi F.M. “Cobalt” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi Sh.Q. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilishi natijasida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqida IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Natijada, “Cobalt” rusumli transport vositasining yo‘lovchisi A.A. ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan olgan tan jarohatlari sababli shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB TG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanganingizda “Yo‘l harakati qoidalari”ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz.