Xabaringiz bor, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida 23 martdan jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslarga “ogohlantirish” berilayotgan edi.

Oddiy tibbiy niqob

Bugundan boshlab O‘zbekistonda ayni paytdagi epidemik vaziyatni inobatga olib, ko‘chalarda tibbiy niqob bilan yurish majburiy qilib qo‘yildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra,Sanitariya qonun hujjatlarini, karantin qoidalarini buzilishiga sabab bo‘ladi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

Xususan, bugun, 25 mart kuni soat 6:00 dan boshlab tibbiy niqobsiz yurish holati birinchi marta qayd etilsa – bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida (223 ming so‘m), takroran sodir etilsa – bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida (669 ming so‘m) jarima solinishiga sabab bo‘ladi.