Turinning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu agenti Jorje Mendesh bilan birga koronavirusga chalinganlarni davolash uchun 3 ta jonlantirish bo‘limiga pul ajratdi. Bu haqida “Daily Mail” nashri xabar tarqatmoqda.

Foto: Sports

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi va uning vakili Lissabon hamda Portu shaharlaridagi kasalxonalar uchun 1 million yevro xayriya qilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan kasalxonalarga yangi tibbiy jihozlar olib kelinadi.

Santa-Mariya shifoxonasi boshlig‘i Daniel Ferro ushbu xayriya uchun Ronaldu va uning agentiga minnatdorchilik bildirgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 400 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 18 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.