Dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish soni 400 ming kishidan oshdi, shu bilan birga 103 mingdan oshiq odam davolandi, ushbu ma’lumot Jon Xopkins Amerika universiteti ma’lumotlariga asoslanib tayyorlandi.

Foto: Google

Universitet ma’lumotlariga ko’ra, hozirda 407, 485  kishi COVID-19 bilan kasallangan, 18, 227 kishi vafot etgan.

Infeksiyaning eng ko’p holatlari Xitoyda qayd etilgan – 81, 591, Italiya – 69, 176, AQSh – 49, 768 va Ispaniya – 39, 676 ta.

Ularning ortidan Germaniya – 31, 991 ta, Eron – 24, 811 va Fransiya – 20, 149 ta.

O’limning eng ko’p soni Italiyada – 6, 820, Xitoyda – 3, 281, Ispaniyada – 2, 800 ta.

Dunyoda jami 104, 234 kishi koronavirusdan davolangan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi.