Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 72 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda “Zakon” nashri.

Foto: Tengrinews

Yangi holatlar Jambul viloyati va Shimoliy Qozog’iston viloyatida qayd etildi, deyiladi xabarda.

2020 yil 24 mart, mahalliy vaqt bilan soat 23:20 (Toshkent vaqti bilan 22:20) da koronavirusning epidemiologik holati to’g’risida ma’lumot.

Bugungi kunga kelib, mamlakatda koronavirusni ro’yxatga olishning 72 holati tasdiqlangan, shundan:

Nur-Sultonda – 36 ta holat
Olmaotada – 29 ta holat
Qarag’anda – 2 ta holat
Olmaota viloyatida – 1 ta holat
Aqto’be viloyatida – 1 ta holat
Chimkentda – 1 ta holat
Jambil viloyatida -1 ta holat
Shimoliy Qozog’iston viloyatida – 1 ta holat

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 381 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 16,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.