Amerikalik olimlar koronavirusni to’liq uch o’lchovli modelining birinchi versiyasini tayyorladilar. Buning uchun ular superkompyuter yordamida uning qobig’i atom tuzilishini hisobladilar. Maqola ACS Central Science ilmiy jurnali tomonidan nashr etilgan, deya yozmoqda “TASS

Foto: TASS

“Ushbu modellar bizga koronavirusning qaysi qismlari inson hujayralariga kirib borishda muhim rol o’ynashini tushunishga yordam beradi. Agar biz SARS-CoV-2 ning sirlarini ochsak, olimlar COVID-19ga yangi dorilarni yaratish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo’ladilar.” dedi Romi Amaro, San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti professori.

Amaro ta’kidlaganidek, virusning bu muhim qismi uning oqsil po’stining ozgina qismini tashkil qiladi. Olimlarning ta’kidlashicha SARS-CoV-2 bitta zarrasi ikki yuz million atomdan iborat. Shuning uchun virusni zarracha tezlatgichlari yordamida o’rganish juda qiyin, ular atom o’lchamlari bilan suratga olinishi mumkin va superkompyuterlarning yordami bilan ushbu rasmlarni uch o’lchovli tasvirga “bog’lashadi”.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 381 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 16,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.