Bugun, 24 mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida yaponiyalik hamkorlar bilan videomuloqot tashkil etildi. Bu haqida vazirlikning axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati

Unda vazir o‘rinbosari U.Begimqulov rahbarligida vazirlik mutaxassislari Yaponiyaning Digital Knowledge Co. Ltd kompaniyasi Prezidenti janob Xaga Xiroaki boshchligidagi delegasiya bilan onlayn muzokaralar olib borishdi.

Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan muzokaralarda 2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bazasida Yaponiya raqamli universiteti filialini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Xususan, yurtimizda Yaponiya raqamli universitetini tashkil etishning shartlari, amalga oshirish mexanizmlari va istiqboldagi rejalar ko‘rib chiqildi.