AQShning Nyu-York shtatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 25,665 ga yetdi, dedi gubernator Endryu Kuomo matbuot anjumanida. “RIA novosti” bu haqida yozmoqda.

Foto: RIA novosti

“Bizda 25,665 ta holat mavjud”, dedi Kuomo.

Uning ta’kidlashicha, shtat “AQShning boshqa shtatlariga nisbatan eng yuqori va tez infeksiya tarqalgan joy”.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 381 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 16,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.