Yer yuzi aholisining taxminan 20 foizi yoki 1,7 mlrd kishi koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ijtimoiy izolyatsiya choralari ostida qolgan. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

karantin koronavirus
Foto: O’zA

Gazetaning qayd etishicha, turli mamlakat hukumatlari oʻta muhim paytda karantin choralarini koʻrishga majbur.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, koronavirusga chalinish bilan bogʻliq 100 mingta holat 67 kunda qayd etilgan boʻlsa, keyingi 100 ming holat (300 ming bemor) toʻrt kunda kuzatildi.

Gazetaning yozishicha, ayni damda epidemiya boshlangan Xitoyning Xubey provinsiyasida cheklovlar olib tashlanmoqda.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 381 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 16,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.