Ushbu rejim mamlakat mintaqalari o’rtasidagi chegaralarni yopishni ta’minlaydi.

Foto: RIA novosti

Hindiston ma’murlari 25 martdan boshlab mamlakat hududlari orasidagi chegaralarning yopilishini ta’minlaydigan 21 kunlik qattiq izolyatsiya rejimini joriy etishga qaror qilishdi. Bu haqida Bosh vazir Narendra Modi xalqqa murojaatida aytdi.

Unga ko’ra, davlatlar, tumanlar va viloyatlar o’rtasidagi chegaralar yopilmoqda. Bosh vazir fuqarolarni uylarini tark etmaslikka chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, qattiq izolyatsiya “uch hafta davom etadi”.

O’tgan hafta Hindiston rasmiylari xalqaro reyslarni bekor qildi, yo’lovchi kemalari mamlakatga kirmaydi, poyezdlar harakati to’xtatilgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 381 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 16,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.