Prokuratura organlari tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish vaqtincha to’xtatildi.

Foto: Google

Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

Prokuratura organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari uzluksiz ishlaydigan “Call-centr” markazining qisqa raqamli “1007” ishonch telefoni orqali qabul qilinadi.

Bundan tashqari, “pm.gov.uz” internet sayti orqali ham onlayn rejimda prokuratura organlariga murojaat etish mumkin.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari hamda tuman-shahar prokuraturalari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy va Transport prokuraturalari, shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosida murojaatlar qabuli quyidagi telefon raqamlari orqali tashkillashtiriladi:

  • Andijon viloyat prokuraturasi – 74 227-1007
  • Buxoro viloyat prokuraturasi – 65 221-1007
  • Jizzax viloyat prokuraturasi –72 226-1007
  • Qashqadaryo viloyat prokuraturasi – 75 228-1007
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi – 61 222-1007
  • Navoiy viloyat prokuraturasi – 79 210-1007
  • Namangan viloyat prokuraturasi – 69 227-1007
  • Samarqand viloyat prokuraturasi – 66 231-1007
  • Sirdaryo viloyat prokuraturasi – 67 235-1007
  • Surxondaryo viloyat prokuraturasi – 76 223-1007
  • Toshkent shahar prokuraturasi – 71 202-1007
  • Toshkent viloyat prokuraturasi – 71 230-1007
  • Farg‘ona viloyat prokuraturasi – 73 244-1007
  • Xorazm viloyat prokuraturasi –62 227-1007
  • O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi – 71 299-7434
  • O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi – 71 232-0171
  • Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti – 71 233-1007
  • Majburiy ijro byurosi – 1107