Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva viloyati Kommunarka posyolkasida joylashgan yuыumli kasalliklar uchun maxsus ыurilayotgan yangi kasalxonaga keldi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov. 

Foto: Sputnik

Bundan oldin Rossiya preziyednti Novo-Ogaryovodagi rezidentsiyasida koronavirusga qarshi kurashga bagʻishlangan yigʻilsh oʻtkazgan edi. Unda Moskva meri Sergey Sobyanin bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikova hamda sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashkolar ishtirok etgan edi. 

Putin yigʻilishda bugunni kunda koronavirusga qarshi koʻrilayotgan choralar haqidagi hisobotlarni tinglagan va shundan soʻng yangi qurilayotgan shifoxonani borib koʻrishga qaror qilgan.

Yangi qurilayotgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi Moskvadan 50 km masofada joylashgan boʻlib, 500 ta oʻringa ega. Shundan 250tasi reanimatsion uskunalar va sunʼiy nafas olish tizimi bilan jihozlangan. Shifoxona juda qisqa muddat ichida qurib bitkazilmoqda. Bu yerga COVID-19 bilan kasallanganlarni olib kelish boshlangan.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 495 kishiga yetgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 381 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 16,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.