Foto: Nuz.uz

O‘zbekiston musulmonlar idorasi xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Muhammad-Akmalxon Shokirovning ta’kidlashicha, ayni damda 8 ta viloyatda Umraga navbatda turuvchilar yo‘q. Biroq, Toshkent shahri, Toshkent viloyati va vodiyda esa ziyoratga borishni istaganlar navbati katta.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot kotibining aytishicha, Umra ziyorati safariga navbatda turuvchilarning elektron ro‘yxati ishlab chiqilmoqda. Tez kunlarda ziyoratga yozilgan fuqaro o‘z navbatini onlayn kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.