“O‘zbekneftgaz” AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli Buxorodagi “Janubiy Kemachi” neftgazokondensat konidagi 133-sonli quduq to‘liq suvlanganligi sababli shu yilning mart oyida tubdan ta’mirlash ishlari o‘tkazildi.

gaz quduq
Foto: Google

2300-2310 m oraliqqa sementli ko‘prik o‘rnatilib, 2290-2286 m oraliq PNKT quvvati bilan perforatsiya qilindi.

Kapital ta’mirlash ishlari “O‘zneftgazquduqta’mirlash” AJ tomonidan amalga oshirildi. Quduq 24 mart kuni o‘zlashtirilib ishga qo‘shildi.

Natijada quduqdan kunlik 50 ming metr kub gaz va kunlik 0,8 tonna kondensat olindi.

Ma’lumot uchun: “Janubiy Kemachi” koni Buxoro viloyatining Korovulbozor tumanida joylashgan bo‘lib, 1978 yilda ishga tushirilgan. Hozirgi kunda kondagi 94 ta quduqdan neft, gaz va kondesant mahsulotlari qazib chiqarilmoqda.