«Maxsustrans» DUK xabar qilishicha, korxonaning barcha tuman bo‘limlari xodimlari himoya gigiyena vositalari bilan ta’minlangan.

Foto: Google

Toshkentda ishlovchi 404 mashina operator va haydovchilari ham shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, Toshkentning umumiy soni 574 ta bo‘lgan chiqindi qabul qilish punktlari ham kundalik tarzda dezinfeksiya qilinmoqda.

Agar barcha aholi tutash hududlar tozaligini saqlab, chiqindilar yig‘ish qoidalariga rioya qilsa, birgalikda biz umumiy xavfga qarshi kurashishda muvaffaqqiyatga erishamiz, deyiladi xabarda.