“O‘zbekneftgaz” AJ qazib olinayotgan gazni qayta ishlash natijasida olingan oltingugurt mahsulotini xorijga eksport qilishni yo‘lga qo‘ydi.

uzbek neft gaz
Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuoat xizmati

Bugungi kunda oltingugurt mahsulotini eksport qilish bo‘yicha dastlabki shartnoma Buyuk Britaniyadan ro‘yxatdan o‘tgan “Commoditrade Limited” kompaniyasi bilan imzolandi.

Shartnomaga ko‘ra, 100 ming tonna oltingugurt mahsuloti eksport qilinadi.

Bundan tashqari Pokiston davlatining “International Business System” kompaniyasi bilan ham eksport bo‘yicha shartnoma imzolanishiga erishildi hamda 50 ming tonna oltingugurt mahsuloti eksport qilinishiga kelishildi.