Ta’kidlanishicha, “US Inc.” kompaniyasi O‘zbekiston tibbiyot muassasalariga zarur bo‘lgan test vositalarini yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Foto: Google

O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi Amerikaning yirik “Biomedomics”, “US Inc.”, kompaniyalari hamda Vashington universiteti tibbiyot laboratoriyasi bilan koronavirusni aniqlashga yordam beradigan diagnostika vositalari, ekspress-testlarni O‘zbekistonga jo‘natish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, “US Inc.” kompaniyasi O‘zbekiston tibbiyot muassasalariga zarur bo‘lgan test vositalarini yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonalari fuqarolarni o‘z vataniga qaytarish bo‘yicha ham ish olib bormoqda.

16-20 mart kunlari Vashington shahridagi elchixona ko‘magi bilan AQShda bo‘lgan olti nafar fuqaro O‘zbekistonga charter reysda jo‘nab ketish uchun Istanbulga (Turkiya) yuborilgan.