Foto: “O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari”AJ axborot xizmati

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda ham bu borada samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, bugun yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat, ya’ni karantin davrida xalqimizga yengillik yaratish maqsadida elektr energiyasidan qarzdor iste’molchilar (jismoniy) tarmoqdan vaqtincha ajratilmasligi belgilandi. Bunday sa’y-harakatlar, albatta, iste’molchilarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgandir.

Shuningdek, iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud barcha to‘lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, o‘z navbatida, fuqarolarimizdan karantin davri tugashi bilan to‘planib qolgan qarzdorlikni bartaraf etishni so‘rab qoladi.