Foto: O’zA

Mutaxassislarning izoh berishlaricha, telefonlar korpusida va ayniqsa, smartfonlar displeyida ko‘p miqdorda chang, bakteriya, so‘lak va boshqa virus tashuvchi moddalar to‘planadi. Bunday qurilmani ishlatgan odam qo‘llari bilan o‘zining shilliq qavatli a’zolariga (lablari, burni yo ko‘ziga) teginsa, virus o‘tishi mumkin.

Shu boisdan mutaxassislar xitoyliklarga smartfonni dezinfeksiya qilish yo‘llarini tavsiya etishgan. Koronavirus xavfi butkul bartaraf bo‘lishi uchun uni 56 darajali haroratda yarim soat mobaynida qoldirish kerak ekan. Bunda qurilmaning mazkur issiqlikda ishdan chiqib qolmasligi endi uning modeliga bog‘liq.

Shuningdek, dezinfeksiya uchun vodorod peroksidi, sirka kislotasi (uksusnaya kislota) yoki xloroform bilan yaxshilab artish ham smartfonni koronavirusdan tozalaydi.

Bundan tashqari, Szilin’ universiteti birinchi shifoxonasi umumiy medisina bo‘limi bosh vrachi In’ Xunmey yana bir yo‘lini aytgan. Unga ko‘ra, qurilmalarni koronavirusdan tozalash uchun 75 foizlik spirt bilan artsa ham bo‘lar ekan.

Foto: O’zA