Yangi koronavirus faolligi aprel may oylarida keskin pasayishi kerak, deb hisoblaydi I.M. Sechenov nomidagi Moskva Davlat Tibbiyot instituti kafedra rahbari, SSV epidemiologi Nikolay Briko, deb yozmoqda “RIA novosti“.

Foto: Getty Images

Ush bilan birga, Briko aytishiga qaraganda koronavirus toʻliq yoʻqolib ketmaydi, chunki u Yer yuzida keng tarqalib boʻldi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni dunyoda COVID-19 virusi bilan chaqirilgan koronavirus pandemiyasini eʼlon qilgan edi.

Bugungi kunda 160 davlatdan 341 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan. 14 765 kishi qubon boʻlgan, 99 ming kishi tuzalib ketgan. Qurbonlar soni eng koʻp boʻlgan mamlakat bu Italiya – 5476 kishi, undan soʻng Xitoy, Ispaniya, Eron va Frantsiya.

Rossiyada infeksiyalanganlar soni 438 kishini tashkil qilmoqda, ulardan 262 nafari Moskvada.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 381 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 16,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.