Ma’lumotlarga ko‘ra, bir nafar xorijda bo‘lgan fuqarodan uning 14 nafar oila a’zolari va yaqinlariga ushbu infeksiya o‘tgan. Yana bir misol, xorijda bo‘lgan er-xotindan 7 nafar oila a’zolariga koronavirus infeksiyasi yuqqan. Bu haqida Sog’liqni saqlash vazirligi yozmoqda.

SSV sog'liqni saqlash vazirligi
Foto: Sog’liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 30 nafari chet elda bo‘lib qaytgan. 18 nafar fuqaro ular bilan yaqin muloqotda bo‘lib, “COVID-19”ni yuqtirib olgan. Hozirda 1 nafar ushbu kasallikka chalingan 20 yoshli fuqaroni qaysi holatda ushbu infeksiyani yuqtirganligi aniqlanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir nafar xorijda bo‘lgan fuqarodan uning 14 nafar oila a’zolari va yaqinlariga ushbu infeksiya o‘tgan. Yana bir misol, xorijda bo‘lgan er-xotindan 7 nafar oila a’zolariga koronavirus infeksiyasi yuqqan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan.

Keyinroq London, Istanbul, Dubay va Moskvadan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida va ular bilan muloqotda bo‘lganlarda virus aniqlandi. 22 martda ular qatoriga Shveysariyada bo‘lib qaytgan bemor ham qo‘shildi.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.