Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorlar haqida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etdi.

SSV sog'liqni saqlash vazirligi
Foto: Sog’liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev telegram kanalida ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlardan 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qiz, shuningdek, 4 nafari voyaga yetmagan bolalardir.

Yosh jihatdan qaralsa, 0-9 yoshgacha – 4 nafar, 10-19 yoshgacha – 1 nafar, 20-40 yoshgacha – 27 nafar, 40-50 yoshgacha – 7 nafar hamda 50-59 yoshgacha – 4 nafar, 60-70 yoshgacha bo‘lgan esa 6 nafarni tashkil etmoqda.

Bemorlardan 11 nafari o‘rta og‘irlikda bo‘lib, ulardan 5 nafari avvaldan surunkali kasalliklarga chalingan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 15 mart kuni O’zbekistonda yangi turdagi koronavirusning birinchi holati aniqlandi. Hozirgi vaqtga kelib ushbu virusni yuqtirib olganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.