Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ta’til vaqtida talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib qo‘llab-quvvatlash maqsadida TAS-IX tamog‘ida “tube.edu.uz” videoportali ishga tushirildi.

Foto: Belsmalta.com

Mazkur videoportalga mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining eng malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan videodarslar muntazam joylashtirib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar vazirlik tomonidan ta’til vaqtida talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib qo‘llab-quvvatlash maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida videodarslardan iborat maxsus “@eduuz_online” kanali ishga tushirildi.

Shuningdek, “UzReport” telekanali ijodkorlari bilan hamkorlikda akademik lisey o‘quvchilari uchun “Teledars” ko‘rsatuvi efirga uzatilmoqda.

Qolaversa, 23 martdan vazirlik va “Mening Yurtim” telekanali hamkorligida ingliz tili va psixologiyadan teledarslar boshlandi.