2020 yil 20 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining “O‘zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Hujjatda mamlakatimiz sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sayyor sud majlislari vaqtincha to‘xtatib turilishi, fuqarolarga hujjatlarni sudlarga faqat elektron shaklda yoki pochta orqali yuborish tavsiya etilishi nazarda tutilgan.

Qarorga muvofiq sudlar tomonidan faqat kechiktirib bo‘lmaydigan toifadagi ishlar ko‘rilishi belgilandi.

Shuningdek, qarorda barcha sudlar ishlarni texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda videokonferensaloqa rejimida ko‘rilishini tashkil etishi, sud majlisi ishtirokchilari bo‘lmagan shaxslarning sud binolariga kirishi qat’iyan man etilishi ko‘zda tutilgan.