Pandemiya natijasida e’lon qilingan Karantin jarayonida O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham karantin e’lon qiladi, ish tartibi onlayn rejimga o‘tadi va aholining murojaatlarini onlayn shaklda qabul qiladi va belgilangan tartibda javob qaytaradi, deyiladi idora xabarida.

Foto: Uznews

Karantin vaqtida asosiy ishga ta’sir etmagan holda xodimlar mehnat ta’tiliga chiqariladi, ayrimlari masofadan turib ishlash tartibiga o‘tadi. Qabulxona, bo‘limlar va xonalarda dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi. Karantin jarayonida Diniy idora ishchi holatida o‘z ish faoliyatini olib boradi. Ta’kidlanganidek, so‘rovlar elektron va telefon orqali qabul qilinadi.

Fuqarolar O‘zbekiston musulmonlari idorasining umi-devon@umail.uz elektron manziliga murojaatlarini yo‘llashlari mumkin. Shuningdek, so‘rovlar quyidagi (78) 150-64-40 telefon raqami orqali ham qabul qilinadi.

Shuningdek, mo‘min-musulmonlar diniy savollariga javoblarni “fatvo.uz” sayti, @SavollarMuslimUzBot telegram boti va (78) 150-33-44 call-markaz orqali ham olishlari mumkin.