Foto: Toshkent shahar IIBB

Smartfonlar, videoregistratorlar va kuzatuv kameralari sababli biz yo‘l harakati qoidalarining belgilanmagan joydan qayta burilish, yo‘l chizmalari va belgilarini mensimaslik, tezlikni oshirish va svetoforning taqiqlovchi belgisini mensimaslik kabi “arzimas” qoidabuzrliklar qanday mudhish oqibatlarga olib kelayotganini ko‘rib turibmiz. Oddiygina xato sababli qancha sog‘lik yo‘qolayotgani, nechta umr tugagani haqida ham o‘qib turibmiz.

Umid qilamizki, tarmoqda tarqagan YTHning minglab videoyozuvlaridan poytaxtimiz aholisi to‘g‘ri xulosa chiqaradi: qoidubazrliklar ko‘pincha qaytarilmas oqibatlarga olib keladi. 2020 yilning 3-fevral kunidan 9-fevralgacha IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan 12 009 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklari qayd etildi, shulardan 2 208 tasi – qo‘pol qoidabuzarliklardir. Ba’zi raqamlar bilan jadvalda tanishib chiqishingiz mumkin: nechta inson nafaqat o‘zini, balki sizning umringizni (chunki siz ham o‘sha yerda bo‘lishingiz mumkin edi) xavf ostiga qo‘yganini ko‘rasiz.

Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari! Biz nafaqat o‘zimiz yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishimiz kerak, balki farzandlarimizni ham bunga o‘rgatishimiz zarur. Bolaga “belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tma” deyishning hech qanday foydasi bo‘lmasligi mumkin, ammo bunda o‘zingiz ibrat bo‘lsangiz albatta yaxshi natija kutish mumkin. O‘zingizni va farzandlaringizni asrang, deyiladi xabarda.