“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi bugun, 24-mart kuni Toshkent – Moskva – Toshkent yo’nalishi bo’yicha charter qatnovlari amalga oshirilishini ma’lum qildi. Bu haqida aviakompaniya yozmoqda.

uzbekistan airways samolyot
Foto: Google
  • HY613 Toshkent – Moskva (Vnukovo aeroporti) — mahalliy vaqt bilan soat 13:05 da ketish.
  • HY614 Moskva (Vnukovo aeroporti) – Toshkent — mahalliy vaqt bilan 16:45 da ketish.

Ushbu qatnovlar Rossiya tomoni bilan kelishilgan holda favqulodda tashkil etilganligiga e’tiboringizni qaratamiz.

Charter qatnovga avvalo O’zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi xodimlari tomonidan tuzilgan ro’yxatlarga muvofiq navbat bo’yicha turgan yo’lovchilar chaqiriladi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi O’zbekiston fuqarolarini vataniga qaytarish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda, deyiladi xabarda.