Nur-Sulton shahrida koronavirus infektsiyasining yangi holati qayd etildi, deb  xabar bermoqda “Tengrinews” “Coronavirus2020.kz“ga tayanib.

Foto: RIA novosti

Bugungi kunga qadar mamlakatda koronavirusni ro’yxatga olishning 68 ta holati tasdiqlandi, shularda:

  • Nur-Sulton shahrida – 35 ta,
  • Olmaota – 29 ta holat
  • Qarag’anda – 2 ta,
  • Olmaota viloyati – 1 ta,
  • Aqto’be viloyati – 1 ta holat.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 381 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 16,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.