Rossiyada koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlgan kishilarni aniqlash tizimi ishga tushiriladi. Buni uyali aloqa operatorlarining geolokatsiya maʼlumotlarini yigʻish orqali amalga oshirish rejalashtirilgan.

xiaomi mi smartfon telefon android
Foto: Google

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Aloqa vazirligiga tegishli topshiriq berdi.

“Rossiya Aloqa vazirligi yangi koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan fuqarolar bilan aloqada boʻlgan fuqarolar uchun kuzatuv tizimini ishlab chiqilsin, bu uyali aloqa operatorlarining maʼlum bir shaxs uchun uyali telefonning geolokatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asoslanib, fuqarolarga yangi koronavirus infektsiyaga chalingan odam bilan muloqot qilishi toʻgʻrisida oldidan xabar berish imkoniyatini taʼminlaydi. Bemorlarga esa oʻzini izolyatsiya qilish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qilish, shuningdek ushbu maʼlumotlarni Rossiya Federatsiyasi tezkor shtabiga yuborish”, – deyilgan hujjatda.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 381 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 16,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.